QARO'ZBРУСENG

Muhammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali haqida

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyun' “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-91-sonli qarori bilan tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2834-sonli qarori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 iyuldagi 569-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Universitet) va uning filiallarida 2018-2019 o'quv yilidan boshlab o'qitishning kredit tizimi joriy etilgan. Filial O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

Filialda hozirgi kunda 2 ta o’quv binosi mavjud, eski o’quv binosida 2005 yildan va yangi o’quv binosida 2009 yil sentyabr oyidan dars mashg’ulotlari olib borilmoqda.

TATU Nukus filialida bakalavriatning 6 ta yo'nalishi va magistraturaning 2 ta ixtisosligi bo’yicha ta’lim jarayoni olib boriladi. Yo’nalishlarning va ixtisosliklarning barchasi bo’yicha Davlat ta’lim standartlari va namunaviy o’quv rejalari mavjud.

Hozirgi kunda filialda 5330300 - Axborot xavfsizligi(sohalar bo`yicha); 5330600 - Dasturiy injiniring; 5330501 - Kompyuter injiniringi; 5330502 - AT servis;  5330400 - AKT sohasida kasb ta’limi; 5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishlari bo’yicha o’zbek, qoraqalpoq va rus tillarida bakalavrlarni va 5A330501-Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyixalash), 5A350101- Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari) mutaxassisliklari bo’yicha magistrlarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunda filialda 2 ta fakultet, 6 ta kafedra, 8 ta bo’lim, 2 ta markaz va 2 ta sektor faoliyat ko’rsatmoqda.