Yaponiyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti JICA ko'ngillilar dasturi O'zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari tomonidan TATU Nukus filialida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad, JICA xalqaro hamkorlik tashkilotiga yosh assisent o'qituvchilar va talabalar orasidan zamonaviy dasturlash tillaridan ta'lim bera oladigan ko'ngilli dasturchilarni saylab olishdan iborat.
Demak, endilikda TATU Nukus filiali dasturchilari xalqaro hamkorlik tashkilotining haqiqiqy ko'ngilli a'zolariga aylanadi.