QARO'ZBРУСENG

Ilmiy kengash faoliyati haqida

TATU Nukus filialining ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo’nalishlari

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali 1 fakultet (4ta yo’nalish) va 5ta kafedradan tashkil topgan.

  • Kompyuter injiniringi fakulteti:
    • 1. Axborot texnologiyalari kafedrasi;
    • 2. Tabiiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi;
    • 3. Axborot-ta’lim texnologiyasi;
    • 4. Telekommunikatsiya injiniringi;
    • 5. Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi.
  • Bakalavriaturada 8 ta magistraturada 1 yo’nalish mavjud bo’lib, ular:
    • 5330501 - Kompyuter injiniringi
    • 5350400 - AKT sohasida kasb ta’limi
    • 5350101 - Telekommunikatsiya texnologiyalari
    • 5330600 - Dasturiy injiniringi
    • 5330200 - Informatika va axborot texnologiyalari (sohalar bo’yicha)
    • 5111000 - Kasb ta’limi (informatika va axborot texnologiyalari)
    • 5311300 - Telekommunikatsiya;
    • 5610600 - Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko’rsatish tarmoqlari bo’yicha)
    • 5A330501 - Kompyuter injiniringi
  • 2014-2015 o’quv yili uchun bakalavriaturaga 4 ta va magistraturaga 1 ta yo’nalish bo’yicha talabalar qabul qilindi:
    • 5330501 – Kompyuter injiniringi;
    • 5330101 – Telekommunikatsiya texnologiyalari;
    • 5350400 – AKT sohasida kasb ta’limi;
    • 5330600 – Dasturiy injiniring
    • 5A330501 - Kompyuter injiniringi

Hozirgi kunda filialda 2012-2014 yillarga mo’ljallangan 2 ta amaliy loyiha ustida ilmiy-tadqiqot ishlar olib borilmoqda.

Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor-o’qituvchilari asosan bitta ustuvor yo’nalish bo’yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Amaliy tadqiqot loyihasi: A5-FK-0-20201 A5-040 «Ishlab chiqish texnologik majmualarini diagnostik tizimlarini boshqarish dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va holatlarini baholash usullarini takomillashtirish». 2014 yilga ajratilgan mablag’ 29,104 ming so’m. Loyiha rahbari: t.f.d. B.T.Kaipbergenov. Loyiha ijrochilari: t.f.d. B.T.Kaipbergenov, t.f.n. B.SH.Aytmuratov, N.I. Kalimbetov, B.A.Fayzullaev.

Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o’qituvchilari ish olib borayotgan loyiha mavzusi: A7-FK-0-75878 A5-060 «Ifloslangan so’vlarni tozalash kompleksining ekologik-iqtisodiy modeli bo’yicha hisoblashlar o’tkazishning dasturiy vositalarini ishlab chiqish». 2014 yilga ajratilgan mablag’ 36,381 ming so’m. Loyiha rahbari: f.-m.-f.d., prof. N.N.Uteuliev. Loyiha ijrochilari: f.-m.-f.d., prof. N.N.Uteuliev, k.f.-m.n., dots. Burxanov SH.A., Allamuratov R.

TATU Nukus filialida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarning ilmiy saloxiyati

TATU Nukus filialida 2013-2014 o’quv yilida 1 ta fakultet – Kompyuter injiniringi fakulteti va 5 ta kafedra: Axborot texnologiyalari kafedrasi, Tabiiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi, Axborot ta’lim texnologiyasi, Telekommunikatsiya injiniringi, Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Joriy yil holatiga ko’ra:

Axborot texnologiyalari kafedrasida jami asosiy shtatda 17 ta professor-o’qituvchilar bo’lib: 12 ta o’qituvchilar to’la shtatda, 5 ta o’qituvchi 0,5 shtatda ish faoliyatini yurityapti. SHulardan 1 ta fan doktori va 2 ta fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Ilmiy salohiyat 18% ni tashkil etadi.

Tabiiy va umumkasbiy fanlar kafedrasida asosiy shtatda jami 8 ta professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda, shundan 3 ta o’qituvchi to’la shtatda, 2 ta o’qituvchi 0,75 shtatda, 3 ta o’qituvchi 0,5 shtatda ish faoliyatini yurityapti. Ulardan 2 ta fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Ilmiy salohiyat 25 % ni tashkil qiladi.

Axborot ta’lim texnologiyasi kafedrasida dekabr oyi holatiga asosiy shtatda jami 8 ta professor-o’qituvchilar bo’lib: 3 tasi– 1 shtatda, 3 tasi – 0,75 shtatda, 2 tasi – 0,5 shtatda faoliyatini yurityapti. Ulardan 1 tasi fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Ilmiy salohiyat 12.5 % ni tashkil qiladi.

Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasida asosiy shtatda jami 6 ta professor-o’qituvchilar bo’lib, 6 tasi ham to’la shtatda ish faoliyatini olib bormoqda. Ulardan 1 tasi fan doktori va 1 ta fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Ilmiy darajalik 33.3 % ni tashkil qiladi.

Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasida esa asosiy shtatda jami 7 ta professor-o’qituvchilar bo’lib: 4 ta o’qituvchilar to’la shtatda, 3 tasi – 0,5 shtatda ish faoliyatini olib bormoqda. Ulardan 4 tasi fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Ilmiy darajalik 57.1 % ni tashkil qiladi.

TATU Nukus filiali bo’yicha 2014 yil dekabr oyi holatiga ko’ra jami 59 ta professor-o’qituvchi asosiy shtatda bo’lib ulardan 2 fan doktori va 10 fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Ilmiy salohiyat 20% ni tashkil kiladi. Bugungi kunda filialimizda ilmiy salohiyatni oshirib borish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, filialimiz 2 nafar mustaqil tadqiqotchilari katta ilmiy-xodim-izlanuvchilar institutiga kirish uchun loyahatlik testini muvaffaqiyatli topshirdi hamda 10 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormokda.

Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari.

TATU Nukus filialida 2012-2014 yillarga mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot yo’nalishi doirasida bajarilgan davlat texnika dasturlaridan amaliy loyihalarning birinchi yilidagi ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi.

Telekommunikatsiya injiniringi va Tabiiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari birgalikda asosan 1 ta ustuvor yo’nalish bo’yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Amaliy tadqiqot loyihasi: A5-FK-0-20201 A5-040 «Ishlab chiqish texnologik majmualarini diagnostik tizimlarini boshqarish dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va holatlarini baholash usullarini takomillashtirish». Loyiha rahbari: t.f.d. B.T.Kaipbergenov. 2014 yilga ajratilgan mablag’ 29,104 ming. so’m. Bajaruvchilar: t.f.d. B.T.Kaipbergenov, t.f.n. B.SH.Aytmuratov, katta o’qituvchilar N.I. Kalimbetov, B.A.Fayzullaev. Bu loyiha bo’yicha qo’yidagi ishlar bajarildi:

  • Zamonaviy ilmiy adabiyotlar tahlili o’tkazildi.
  • Tadqiqot ob’ekti o’rganildi.
  • Ishlab chiqarish texnologik majmualarning xossalari tadqiqot qilindi.
  • Apparatlar orasida faol texnologik va axborot aloqalar aniqlandi va tahlil qilindi.
  • Halokat va halokat oldi vaziyatlarni baholashning har hil usullari aniqlandi.
  • Amaliy loyixa bo’yicha 4 ta ilmiy va 8 ta konferentsiya materiallari va tezislari nashr qilindi.

Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o’qituvchilari ish olib borayotgan loyiha mavzusi: A7-FK-0-75878 A5-060 «Ifloslangan suvlarni tozalash kompleksining ekologik-iqtisodiy modeli bo’yicha hisoblashlar o’tkazishning dasturiy vositalarini ishlab chiqish». Loyiha rahbari: f.-m.-f.d., prof. N.N.Uteuliev. 2014 yilga ajratilgan mablag’ 36,381 ming. sum. Bajaruvchilar: f.-m.-f.d., prof. N.N.Uteuliev, k.f.-m.n., dots. Burxanov SH.A. Bu loyiha bo’yicha qo’yidagi ishlar bajarildi:

  • Zamonaviy ilmiy adabiyotlar tahlili o’tkazildi.
  • Tadqiqot ob’ekti o’rganildi.
  • Ifloslangan so’vlarni tozalash kompleksi ekologik-iqtisodiy modellarini ishlab chiqish masalalari va ularni echish usullari o’rganildi.
  • Ifloslangan suvlarni tozalash kompleksi ekologik-iqtisodiy modellarini echish algoritmlari o’rganildi.
  • Amaliy loyixa bo’yicha 2 ta ilmiy va 5 ta konferentsiya materiallari va tezislari nashr qilindi.

Iqtisodiyotning tegishli soxalariga oid korxona va tashkilotlar bilan xamkorlikda bajarilayotgan xo’jalik shartnomalari.

Xozirgi kunda filialimizda iqtisodiyotning asosan kompyuter texnologiyalari sohasiga oid servis xizmatlarin ko’rsatish maqsadida korxona va tashkilotlar bilan xamkorlikda shartnomalari imzolandi.

Joriy yilda O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo’mitasi tizimidagi 6ta korxonalari bilan xamkorlik shartnomalari tuzilgan. Jumladan: Qoraqalpog’iston RTUM bilan 15 650 000 so’m, «O’zbekiston pochtasi» OAJ Nukus filiali bilan 34 300 000 so’m, QR «Matbuot tarqatuvchi» SHK bilan 19 920 000 so’m, TTT ning 6-tarmoq filiali bilan 5 100 000 so’m, QR «Aloqa bank» AK filiali bilan 5 400 000 so’m va QR «O’zbektelekom»AK filiali bilan 15 200 000 so’m, «Erkin Qaraqalpaqstan» gazetasiga dinamik veb-saytni yaratish va o’rnatish bo’yicha 400 000 so’m, filial bo’yicha jami 95 970 000 so’m hajmda innovatsion xamkorlik shartnomalari tuzilgan.