QARO'ZBРУСENG

Sportning «Futzal» turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi

2017 yil 12-13 yanvar kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi «Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining tashkil etilganligini 25 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi F-4766-sonli Farmoyishi asosida filial sport zalida KIF guruhlari o’rtasida sportning «Futzal» turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Musobaqaga jami 16 ta guruh ishtirok etib, musobaqa yakuni bo’yicha 1 o’rinni 3V KI guruhi, 2 o’rinni 2A KI guruhi, 3 o’rinni 3B KI guruhlari egallashdi. Musobaqa g’oliblariga filial BQUQ tomonidan sovg’alar va fahriy yorliqlar topshirildi.