QARO'ZBРУСENG

TATU Nukus filiali talabasi "Universiada-2022" musobaqasida 1-o'rinni egalladi

XUSH XABAR

TATU Nukus filiali talabasi "Universiada-2022" musobaqasida 1-o'rinni egalladi


Joriy yilning 25-yanvar kuni Nukus shahridagi Yoshlar markazida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "UNIVERSIADA - 2022" sport musobaqalarining hududiy-saralash bosqichi o'tkazildi.

Ushbu musobaqaga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali talabalaridan Asenbaeva Dalloris va Madetov Dawranlar ichtirok etdi. Qizg'in bellashuvlarga boy bo'lgan musobaqa yakuniga ko'ra  Madetov Dawran o'z raqiblari orasida shaxmat bo'yicha tengsiz deb topilib, 1-o'rin g'olibligini qo'lga kiritdi.

Biz ham filial jamoasi nomidan Madetov Dawranni va uning ustozini ushbu yutug'i bilan chin dildan tabriklaymiz va talabamizni final bosqichida ham yuqori natijalar ko'rsatishiga tilakdoshmiz.

TATU Nukus filiali Matbuot xizmati