QARO'ZBРУСENG

“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi

18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i kuni”ga bag‘ishlab, bugun respublikamizda  “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

«1 ta vatanda 1 ta vaqtda, 1 ta masofaga, 1 ta maqsadda – Birga yuguramiz» shiori ostida o'tkazilgan ushbu marafonga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali professor-o'qituvchilari, talaba-yoshlari va tyutorlar ham faol ishtirok etdi. Musobaqa qizg'in tarzda davom etdi va barcha yoshlar qalbida ko'taringki kayfiyat ulashdi. Eng quvonarli tomoni shunda, filialimizning "Kompyuter injiniring" fakulteti 1-bosqich talabasi Anvar Qurbanniyazov ushbu marafonda "Para olimpiada" yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin g'olibi deb topildi va tashkilotchilar tomonidan diplom va televizor bilan taqdirlandi.

Biz ham o'z navbatida barcha yoshlarimizni sport musobaqalariga faol bo'lishga chorlaymiz va Qurbanniyazov Anvarni esa bugungi yutug'i bilan chin dildan tabriklaymiz.