QARO'ZBРУСENG

Bitiruv malakaviy ishi

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlari topshirildi.

Malaka ishlarini filialning "Axborot texnologiyalari" kafedrası mudiri f.-m.f.n. A.Tureniyazova, QQDU "Amaliy matematika" kafedrasi docenti, f.-m.f.n R.Mustafaeva, UzRFA V.I.Romanovckiy nomidagi Matematika instituti Qoraqalpog'iston bo'limi katta ilmiy xodimi f.-m.f.n A.Arzievlar baholab bordi.

Talabalarimiz asosan "Quyi darajadagi ma'lumotlarni uzatish protokollarining samaradorligini baholash"(tarmoqqa kirish usullari), "Matlab tizimida chiziqli emas va trancendet tenglamalarni sonli usullardan foydalanib echish", "Ofis kompyuter tarmog'idagi kalitlarda vlan loyihalash" mavzularida bitiruv malakaviy ishlarini a'lo darajada topshirdi.

Biz ham o'z navbatida o'qishni muvaffaqiyatli tugatgan barcha talabalarimiz ertaga o'z kasbini yetuk mutaxasislari bo'lishiga ishonamiz.