QARO'ZBРУСENG

Malakaviy ishi himoyasi

Bugun 2022-yil 22-iyun sanasida "Dasturiy injineringi va matematik modellashtirish" kafedrasi, "Dasturiy injinering" bakalavr ta'lim yo'nalishining 4-bosqich talabalari uchun bitiruv malakaviy ishi himoyasi boshlandi. Himoyada Qoraqalpoq Davlat universitetidan A.Bekiev f-m.f.n, "Differencial tenglamalar" kafedrasi docenti raisi sifatida qatnashdi.

Shuningdek, himoyada rais o'rinbosari "DI va matematik modellashtirish" kafedrasi mudiri f-m.f.d professor N.Uteuliev, rais UzMU "Amaliy matematika va kompyuter tahlili" kafedrasi professor f-m.f.d B.Abduraximov, "DI va matematik modellashtirish" kafedrasi docenti f-m.f.n Sh.Burxanov, "Sectury System"MCHJ raisi T.Arzimbetov, kotib "DI va matematik modellashtirish" kafedrasi assistant o'qituvchisi A.Tilepova qatnashdilar.

Yakuniy bosqich talabalarning bitiruv malakaviy ishi himoyasi a'lo darajada o'tkazildi.