QARO'ZBРУСENG

“Harakatlar strategiyasi boshlang’ich partiya tashkilotlari nazarida” mavzusida seminar o’tkazildi

2017 yil 19 aprel kuni filial kichik majlislar zalida filial O’quv va ilmiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari X.Seytkamalov rahbarligida filial va Tadbirkorlar va ishbilormanlar harakati-O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi Qoraqlpog’iston Respublikasi Kengashi huzuridagi “Siyosiy ta’lim” markazi tomonidan “Harakatlar strategiyasi boshlang’ich partiya tashkilotlari nazarida” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminarga Nukus shahar Kengashi apparat rahbari Z.Baekeev, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti yuristi B.Arzieva, «Kamolot» YOIH mutaxassisi M.Tursinov va filialning eng faol 50 nafar talaba-yoshlari ishtirok etishdi.