QARO'ZBРУСENG

“Yil talabasi-2021” Respublika tanlovi

Universitetda ta’lim olyapsizmi? Yil talabasi bo‘lmoqchimisiz? Unda “Yil talabasi-2021” Respublika tanlovi sari olg‘a!

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
  • “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi”;
  • “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;
  • “Yilning eng faol sportchi talabasi”;
  • “Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
  • “Yilning eng faol bloger talabasi”;
  • “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi”.

Tanlovning birinchi bosqichi fakultet (noyabr oyining 20-25 kunlari oralig’ida), ikkinchi bosqichi esa filial kesimida (noyabr oyining 25-30 kunlari  oralig’ida) o‘tkaziladi. Filialda g‘olib bo‘lgan talabalar Respublika (dekabr oyida) bosqichida bellashadi.

Tanlovning Respublika bosqichida har bir nominatsiyalar bo‘yicha  1, 2 va 3-o‘rin sovrindorlari bo‘lgan ishtirokchilar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlov uchun quyidagi hujjatlarni fakultetingizdagi dekanatga taqdim etishingiz so‘raladi:

  1. Tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, etakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslarda faol ishtiroki,talabalarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari va jamoat ishlardagi faoliyati haqida ma’lumotlar, bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;
  2. Baholarni qayd etish varaqalari, talabaning baholarni o‘zlashtirish sinov daftarchasi nusxalari;
  3. Ilmiy, ilmiy-uslubiy,ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlari;
  4. Faxriy yorliqlar va diplomlar (nusxasi);
  5. Grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi;
  6. Konferentsiyalarda ishtiroki haqida ma’lumotlar, ilmiy ishlar ro‘yxati va ilmiy ishlar ro‘yxati va ilmiy ishlar nusxalari;
  7. Hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlar joriy yil davomida chop etilgan bo‘lishi kerak.
     

Qo’shimcha ma’lumot uchun: 

Filialning Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limiga murojat qilishingiz mumkin.

Tel: +99893 707 70 27