QARO'ZBРУСENG

Ilmdan boshqa najot yóq va bólmagay

Bugun filialimizda talaba-yoshlar ishtirokida " Ilmdan boshqa najot yóq va bólmagay " mavzusida olimlar bilan uchrashuv bólib ótdi. Tadbirni Óquv va tarbiya ishlari bóyicha direktor órinbosari X.Seytkamalov kirish sóz bilan ochdi va boshqarib bordi. Tadbirda Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy órta maxsus bilim yurti óqituvchisi S.Radjabov, QDU doktorı M.Togayev, respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qoraqalpoģiston bólimi xodimi Sh.Ayapov, TATU Nukus filiali Dasturiy injineringi kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor  N.Uteuliev va boshqalar ishtirok etdi.  Ma'naviy va ma'rifiy mazmunga boy bólgan davra suhbatida talabalar tomonidan berilgan kóplab qiziqarli savollarga  soha xodimlari tomonidan javoblar berildi.
Blog: http://fikr.uz/blog/tatunf
Facebook: https://fb.com/tatunf.uz