QARO'ZBРУСENG

FILIALDA "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" ÓTKAZILDI

FILIALDA "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" ÓTKAZILDI

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida  "Ochiq eshiklar kuni" ótkazildi. Unda Nukus shahri XTB ga tegishli 33 - sonli maktabning fan óqituvchilari A.Aytmuratov, A.Tóremuratovalar bilan birga maktabning 7a-sinfning AKT sohasiga qiziquvchi óquvchilari filialimizga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Ózbekiston Yoshlar ittifoqi filial boshlanģich tashkiloti etakchisi Q.Toqsanbaev va iqtidorli talabalardan Z.Maqsetbaevlar ochiq chehra bilan qarshi olishdi. Óquvchilarning AKT sohasiga qiziqishini yanada oshirish maqsadida, Ózbekiston yoshlar ittifoqi filal boshlanģich tashkiloti etakchisi Q.Toqsanbaev va filialning iqtidorli talabasi Z. Maqsetbaevlar tomonidan "Mahorat darslari" ótkazildi. Shuningdek, maktab óquvchilari oliy ta'lim  muassasasida bilim olayotgan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

TATU Nukus filiali matbuot kotibi