QARO'ZBРУСENG

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri bilan uchrashuv

s

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida 19-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abduraxmonov bilan Qoraqalpog'istonlik talaba-yoshlar uchrashuvi o'tkazildi. Maqsad, yoshlarning bu sohadagi qiziqishlarini oshirish, g'oyalarini qo'llab-quvvatlashdan iborat. Uchrashuvga TATU Nukus filiali direktori professor B.Kaipbergenov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi Innovatsiya bo'yicha ministr o'rinbosari J.Kazbekov, Oral boyi innovatsiya markazi raisi N.Mirzamuratovlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. 
Qoraqalpog'istonga tashrif buyurgan mehmonimiz I.Abduraxmonov talabalar tomonidan tayyorlangan loyihalarni tinglab, fikir va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, loyiq deb topilgan loyihalarga mablag' ajratib berishini ham takidlab o'tdi.

TATU Nukus filiali matbuot xizmati