QARO'ZBРУСENG

DIQQAT, Abiturientlar uchun muhim xabar!

Hurmatli abiturientlar!  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali - Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti (TATU NF-BDIRU ATQF) bakalavriatning Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qishga hujjatlarni qabul qilish jarayonini 2020 yilning 20 sentabriga qadar uzaytirilganini ma'lum qilamiz.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali veb-saytida amalga oshiriladi va hujjatlarni Qabul komissiyasiga quyidagi manzil orqali yuboriladi: https://qabul.tatunf.uz

TATU NF-BDIRU ATQF qabul komissiyasining tanlovida ishtirok etish uchun 20.09.2020 gacha onlayn ariza topshiring hamda quyidagi hujjatlarni elektron ko‘rinishda JPEG yoki PNG formatida ilova qiling (hujjatlardagi ma’lumotlar o‘qish va ishda qo‘llash uchun tushunarli bo‘lishi kerak):

  • pasport (16 yoshga to‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma) nusxasi
  • umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat.

2020-2021 o‘quv yiliga TATU NF - BDIRU ATQF bakalavriati ta’lim dasturiga topshiruvchilar uchun qabul kvotalari

Ta’lim yo‘nalishi

Qabul rejasi

Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar

25