QARO'ZBРУСENG

“Ta’lim va mutaxassislik” ko’rgazmasi hamda «Bush ish o'rinlari yanmarkasi» o’tkazildi

2017 yil 24 mart kuni filialda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 mart kungi 87-02-895-sonli xati asosida “Ta’lim va mutaxassislik” ko’rgazmasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2017 yil 16 martdagi 70-f-sonli farmoyishi asosida filialda 2016-2017 o’quv yilida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasiga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari filial bitiruvchilari uchun «Bush ish yanmarkasi» o’tkazildi.

Tadbirlarga filial direktori B.T.Kaipbergenov, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig’i B.Mnajev, Qoraqalpog’iston Respublikasi mehnat va halqni ijtimoiy muhofaza qilish vaziri U.Saburov, Nukus shahar bandlikka kumaklashish va ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori N.Nurjanov, hamda Nukus shahridagi kollej bitiruvchilari va filial 4 bosqich talaba-yoshlari ishtirok etishdi.