QARO'ZBРУСENG

Filialimiz teatr studiyasi 3-o‘rinda!

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2016 yil 9 dekabrdagi 165-sonli majlis bayoniga muvofiq, joriy yilning 12-17 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostida “Yoshlar haftaligi” tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu haftalik doirasida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr studiyalari festivalida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining “Totuv” talabalar teatr studiyasi ham ishtirok etdi. Ular tomonidan namoyish etilgan “Qaydasan baxtim” spektakli “Mehr-oqibat tuyg‘ularini tarannum etuvchi spektakl” nominatsiyasiga munosib deb topilib, 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi!

Biz filialimiz talabalarini ushbu erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, ularning kelgusi o‘qish va ishlarida omadlar tilab qolamiz!