QARO'ZBРУСENG

Mo’ynoq yoshlari uchun yana bir ajoyib imkoniyat

O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining taklifiga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumanining axborot-texnologiyalari sohasi bo’yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 2020/2021 o’quv yilida Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali bakalavriatiga belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlariga qo’shimcha ravishda Mo’ynoq tumani uchun bakalavriat ta’lim yo’nalishlari kesimidagi maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda, abituriyentlar toplagan ballariga mos ravishda ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda tanlov natijalariga ko’ra davlat granti asosida 20 abituriyent talabalikka tavsiya etiladi.

Maqsadli qabul parametrlari yo’nalishlar kesimida quyidagicha etib belgilangan:

Shifr Ta’lim yo’nalishlari nomi Davlat ganrti asosidagi qabul ko’rsatkichlari
Jami shu jumladan
O’zbek Qoraqalpoq Rus
Jami 20 9 10 1
5330300 Axborot xavfsizligi (sohalar bo'yicha) 2 1 1 -
5330501 Kompyuter injiniringi: kompyuter injiniringi 4 2 2 -
5330502 Kompyuter injiniringi: AT-Servis 2 1 1 -
5330600 Dasturiy injiniring 8 3 4 1
5330101 Telekommunikasiya texnologiyalari (“Telekommunikasiyalar”) 4 2 2 -