QARO'ZBРУСENG

Oliygohlarga imtihon topshirishda imtihon oldi eslatmalar

  1. Test sinovlarining 1-kuni ishlatilgan savollar keyingi kunlarda tushmaydi;
  2. 15 kun davomida SMS xabarlar va telefon aloqasi o’chirilib qo’yilmaydi, balki respublika bo’ylab test o’tuvchi 57 ta katta pavilonlarga aloqani uzuvchi moslamalar o’rnatiladi;
  3. Barcha hududlardagi test savollari kitobi Toshkentga maxsus feld’egerlik xizmatlari orqali samolyotlarda olib kelinadi va Toshkentda tekshiriladi;
  4. Test javoblari ertasi kuni DTM saytida e’lon qilinadi, avvalgidek test o’tkazilgan binoga javob varaqalari ilinmaydi. CHunki ertasi kuni u erda boshqa testlar o’tayotgan bo’ladi;
  5. Bu yildan boshlab butun respublikada testga shpargalka, telefon va h.k. olib kirishga uringan abiturient o’sha zahoti testdan chetlatiladi. Avvalgidek, kechirimli bo’lib, telefonini olib qolib, uni nomerlangan konvertga solib, abiturientni o’zini testga kiritib yuborish bo’lmaydi. Olib kirishga urinishning o’ziyoq akt tuzib, chetlatishga sabab bo’ladi;
  6. Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo’lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o’tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi;
  7. Test topshiriqlarini bajarish uchun 30 ta test topshirig’iga 1 soat, 60 ta test topshirig’iga 2 soat, 90 ta test topshirig’iga 3 soat vaqt belgilanadi. Bunda e’tibor berish kerakki, bu vaqt javoblar varaqasini to’ldirish bilan birga berilmoqda. Avvallari savollarni ishlash uchun alohida vaqt, keyin javoblar varaqasini to’ldirish uchun alohida vaqt berilardi. Hozir mana shu 1 soatga belgilash ham kirib ketadi, shu sababli, abiturientlar buni e’tiborga olib qo’yishlari kerak;
  8. Test o’tadigan pavilonlardagi kameralar 31 iyul kuni yoqib qo’yiladi va 16 avgust kuni o’chiriladi;
  9. Test sinovlari jarayonlari internet orqali translyatsiya bo’ladi va imkoni bo’lsa respublika hamda mahalliy telekanallar orqali to’g’ridan-to’g’ri namoyish etish ham rejalashtirilmoqda.