QARO'ZBРУСENG

IXTISOSLIKLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy attestatsiyasi komissiyasi tomonidan 2015-yil 5-yanvarda 13-sonli buyruq bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini olish uchun 16.07.2013.T/FM.29.01 raqamli ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiya himoyasini o‘tkazishga ruxsat berilgan:

05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari bo‘yicha);

05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari bo‘yicha);

05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari bo‘yicha);

05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari bo‘yicha);

05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari bo‘yicha).

05.04.01– Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot qurilmalari, Axborotlarni taqsimlash (texnika fanlari bo‘yicha);

05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari, Mobil, optik-tola aloqa tizimlari (texnika fanlari bo‘yicha);