Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqarg'ı Kengesida tashkil etilgan maxsus Shtabning xulosasi bilan barcha oliy ta'lim muassasalari, o'rta maxsus ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida dam olish kunlari 18-yanvargacha davom etilishi ma'lum qilindi.
Ushbu xabardan kelib chiqqan holda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida ham qishgi dam olish muddati 2023-yilning 18-yanvar kunigacha uzaytirilganligini ma'lum etamiz.
O'quv jarayonlari bilan aloqador qo'shimcha ma'lumotlarni filialning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e'lon qilamiz.