Xodimlarning chet el grantlarini jalb qilishdagi faolligini oshirish maqsadida 2020-yil 29-fevral kuni Muhammad al-Xorazmi nomidagi TATU Nukus filialida AT kafedrasi mudiri Asiya Tureniyazova va sifat nazorati bo'limi boshlig'i Allabai Arziev rahbarligida seminar o'tkazildi.
Ishtirokchilarga Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturi haqida batafsil ma'lumotlar berildi. A. Tureniyazova Jean Monnet dasturi doirasidagi tadqiqotlar olib boorish imkoniyatlari haqida gapirib, Oliy Ta'lim salohiyatini oshirish (CBHE) dasturiga loyiha topshirish muddatlari, loyihani tayyorlash jarayoni va uning tuzilishi to'g'risida keng ma'lumot berdi. RUECVET va MAGNET loyihalari misollaridan foydalangan holda konsorsium tushunchalari, loyihaning maqsadlari, ularga erishish usullari, ish paketlari, yakuniy natijalar, natijalarni tarqatish va ularning barqarorligi tushuntirildi. "Loyiha tayyorlash qadamlari" sxemasini taqdim etar ekan, u hoziroq keyingi yildagi tanlov uchun loyihalarni ishlab chiqish uchun ishchi guruhlar tuzishni taklif qildi. Shuningdek, bu yil Portugaliyaning Guarda politexnika universitetida ICM dasturi bo'yicha TATU NF va NukDPI xodimlari va talabalar uchun mobillikni amalga oshirish uchun taqdim etilgan loyiha bo'yicha hisobot berdi va CBHE bo'yicha 2 ta yangi loyihani tayyorlash holati to'g'risida batafsil ma’lumiot berdi.
A. Arziev ICM dasturi doirasida talabalar va xodimlarning akademik mobilligi imkoniyatlari haqida taqdimot qildi. Loyihalarni qabul qilish muddati va mobillik davomiyligi, qabul qiluvchi davlatlar haqida ma’lumot berildi, ariza berish tartibi va zarur hujjatlar tushuntirildi.