QARO'ZBРУСENG

Mamlakatimizda AQSh universiteti filiali ochiladi

Tarixda birinchi marta mamlakatimizda AQSh universiteti filiali ochiladi. 2019-yil 5-fevral kuni AQShdagi O'zbekiston elchixonasida bu bo'yicha kelishuv imzolangan. Bu haqida O'zbekiston Respublikasini AQShdagi elchisi Javlon Vahobov o'z tvitter sahifasida xabar bergan. Kelishuvga ko'ra, Vebster universiteti endilikda bakalavriat va magistratura ta'lim bosqichlarida o'z faoliyatini yo'lga qo'yadi. Yangi universitet Toshkentda joylashib, qator sohalarda ta'lim olishni taklif qiladi. Ularga biznes boshqaruvi, marketing, tadbirkorlik, kompyuter injeneriyasi, jurnalistika va media, sog'liqni saqlashni boshqarish, STEM ta'limi, innovatsiyalar va boshqa sohalarni misol qilish mumkin.