QARO'ZBРУСENG

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali NIZOMI

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-91-sonli qarorida belgilangan talablarga va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus vazirligining 2005 yil 14 iyun 130-son buyrug’iga hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteting Ustaviga muvofiq holda ishlab chiqilgan.

1.2. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filiali (keyinchalik Nukus filiali deb ataladi) universitetining shahardan tashqarida joylashgan hamda bosh Oliy ta’lim muassasasi hisoblanmish Toshkent axborot texnologiyalari universitetining boshqaruv hujjatlariga muvofiq uning barcha asosiy vazifalarini yoki ularning bir qismini amalga oshiradigan mustaqil tuzilmaviy tarmoq bo’linmasidir.

1.3. Nukus filiali ta’lim berish, ilmiy, ijtimoiy, xo’jalik yoxud boshqa faoliyatlarni amalga oshirish uchun tuzilgan.

1.4. Nukus filialini tashkil qilish, qayta tashkil qilish, qayta nomlash, tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, viloyatlar hokimiyatlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari bilan kelishilgan holda Hukumat qarorlariga muvofiq filial joylashgan erning o’zida amalga oshiriladi.

1.5. Nukus filiali ta’lim faoliyatini olib borish uchun ta’lim standartlari talablariga muvofiq holda ta’lim jarayonining zaruriy moddiy o’quv bazasi, ilimiy-pedagogik potentsiali, axborot va ijtimoiy bazaviy ta’minoti mavjudligida tuzilgan.

1.6. Nukus filiali tashkil qilish haqidagi qaror Hukumat qarorlari bilan Oliy ta’lim muassasasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, ta’sischi, hokimiyatlar va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining taqdimoti asosida qabul qilingan hamda unga quyidagi hujjatlarga asoslangan:

  • Nukus filiali ni tashkil etish, uning faoliyat ko’rsatishi va rivojlanish istiqbollari asoslangan;
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’limining me’yoriy hujjatlariga muvofiq keladigan hamda ta’lim muddatlari qabul qilinuvchilar va ta’lim oluvchilarning rejalashtirilgan miqdori ko’rsatilgan bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining ro’yxati (2-ilova) kelishilgan;
  • o’quv-moddiy bazasi, ilimiy-pedagogik pedagogik potentsiali, axborot va ijtimoiy maishiy ta’minotning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (mulk ob’ektlari ijaraga olingan hollarda ijarachining roziligini tasdiqlovchi hujjat nusqasi) tasdiqlangan;

 

1.7. Nukus filialini qayta tashkil qilish, nomini o’zgartirish, tugatish O’zbekiston Respublikasi hukumatining qaroriga binoan ta’sischining taqdimnomasi asosida qabul qilinadi va unga quyidagi materiallar ilova qilinadi:

  • mintaqa hokimiyati va filiallar joylashgan er bo’yicha o’z-o’zini boshqarish organlarining roziligi;
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining roziligi;
  • O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi roziligi;
  • universitet Ilmiy kengashi qaroridan ko’chirma.

1.8. Nukus filiali nomi, uni tashkil etish, nomini o’zgartirish yoki qayta o’zgartirish paytida belgilanadi.

1.9. Nukus filiali yuridik shaxs maqomiga, mustaqil kirim-chiqim, Davlat gerbi tasviri tushirilgan dumaloq muhr, tamg’a (shtamp) va boshqa rekvizitlarga ega (3-ilova).

1.10. Nukus filiali universitet Ustavida ko’zda tutulgan tartibda ishonchnoma bo’yicha to’liq yoki qisman yuridik shaxs vakolatlariga ega.

1.11. Bakalavriatning bir qator yo’nalishlari va magistratura ixtisosliklari bo’yicha to’liq hajmda ta’lim dasturini amalga oshiradigan, fundamental-amaliy ilmiy tadqiqotlarni sifatli darajada olib boradigan, o’quv-tarbiyaviy jarayonni sog’lomlashtirish yo’lida ish olib borayotgan hamda 1000 tadan kam bo’lmagan studentlar soniga ega bo’lgan universitet filiali institut deb atalishi mumkin, uning nomida «filial» so’zi bo’lishi lozim.

1.12. Nukus filiali bosh binosi manzilgohi: Nukus bank rekvizitlari