QARO'ZBРУСENG

Harbiy qism qo’mondonligining tavsiyanomalariga ega bo’lgan abiturientlar diqqatiga

Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun harbiy qismlar qo’mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo’lgan abiturientlarni qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarorida 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda, test sinovlari yakunlariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarga 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘lishi belgilangan.

To'liq matn (O'zbekcha)

To'liq matn (Русский)