QARO'ZBРУСENG

Kompyuter injiniringi fakulteti

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali "Kompyuter injiniringi" fakulteti dekani, fizika-matematika fanlari nomzodi

Arziev Allabay Djalgasovich

Telefon: (8361) 222-46-13;
Faks: (8361) 222-49-10;
E-mail: alikarziev@umail.uz

TATU Nukus filialida 2014-2015 o’quv yilida 1 ta fakultet, ya’ni Kompyuter injiniringi fakulteti faoliyat ko’rsatmoqda. Fakultet o’z faoliyatini tasdiqlangan ish reja va fakultet nizomi asosida amalga oshiradi. Fakultetda quyidagi magistr mutaxassisliklari va bakalavr ta’lim yo'nalishlari bo’yicha mutaxassislari tayyorlanmoqda:

2014-2015 o’quv yilidagi Magistr mutaxassisligi:

  • 5A330501-Kompyuter injiniringi;
  • 5A330201-Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti (tarmoqlar bo’yicha)

2014-2015 o’quv yilida 1-kursga yangi bakalavr ta’lim yunalishlari bo’yicha talabalar qabul qilindi.

  1. 5330600 - Dasturiy injiniring;
  2. 5330501 - Kompyuter injiniringi;
  3. 5350400 - Axborot kommunnikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi;
  4. 5350101 - Telekommunikatsiya texnologiyalari;

2-3-4-kurslar bo’yicha bakalavr ta’lim yunalishlari

  1. 5330501 - Kompyuter injiniringi;
  2. 5521900 - Informatika va axborot texnologiyalari;
  3. 5140900 - Kasb ta’lim (Informatika va axborot texnologiyalari);
  4. 5522200 - Telekommunikatsiya;
  5. 5610600 - Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko’rsatish tarmoqlari bo’yicha);

Fakultet tarkibida 5 ta kafedra mavjud:

  1. Axborot texnologiyalari kafedrasi;
  2. Axborot ta'lim texnologiyalari kafedrasi;
  3. Tabiiy va umumkasbiy fanlar kafedrasi;
  4. Telekommunikatsion texnologiyalar kafedrasi;
  5. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi;

Fakultet bo’yicha joriy o’quv yilida jami 561 talaba tahsil olmoqda. Talabalar kontingenti yo’nalishlar va kurslar kesimida quyidagi 1-jadvalda ko’rsatilgan.
Fakultet kafedralari bo’yicha jami 2 ta fan doktori va 9 ta fan nomzodlari ish olib bormoqda. Fakultet va kafedralarda rejalashtirilgan o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy–ma’rifiy ishlar rejaga mos holda olib borilmoqda. Fakultetda barcha fanlar bo’yicha o’quv rejalari, fan dasturlari va ishchi o’quv rejalari mavjud. Ular filial va fakultet kengashlari hamda kafedra majlislarida tasdiqlangan.
Dekanat faoliyatiga oid barcha me’yoriy xujjatlar mavjud, o’qituvchilar va talabalar haqida barcha ma’lumotlar, shaxsiy tarkib va talabalar bo’yicha buyruqlar alohida yuritilgan. Reyting qaydnomalari va nazoratlarni o’tkazish jadvallari va boshqa hujjatlar talab darajasida yuritilmoqda.Talabalar davomati muntazam ravishda dekanat tomonidan nazorat qilib boriladi. Talabalar davomati har oyda kamida bir marta tahlil qilinadi. 2-jadvalda joriy o’quv yilining kuzgi semestri uchun talabalar davomati keltirilgan.