QARO'ZBРУСENG

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali haqida

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi 3080-son Farmoni va 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 17 iyundagi 130-son buyrug’i bilan tashkil etilgan. Filialning Nizomi bosh tayanch universitet Nizomi va Ustaviga muvofiq tasdiqlangan.

Filialda hozirgi kunda 2 ta o’quv binosi mavjud, eski o’quv binosida 2005 yildan va yangi o’quv binosida 2009 yil sentyabr oyidan dars mashg’ulotlari olib borilmoqda.

TATU Nukus filialida bakalavriatning 6 ta yo’nalishi va magistraturaning 1 ta ixtisosligi bo’yicha ta’lim jarayoni olib boriladi. Yo’nalishlarning va ixtisosliklarning barchasi bo’yicha Davlat ta’lim standartlari va namunaviy o’quv rejalari mavjud.

Hozirgi kunda filialda 5330300 - Axborot xavfsizligi(sohalar bo`yicha); 5330600 - Dasturiy injiniring; 5330500 - Kompyuter injiniringi;  5330400 - AKT sohasida kasb ta’limi; 5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari va 5610600-Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko’rsatish tarmoqlari bo’yicha) yo’nalishlari bo’yicha o’zbek, qoraqalpoq va rus tillarida bakalavrlarni va 5A330201-Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti mutaxassisligi bo’yicha o’zbek va qoraqalpoq tillarida magistrlarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunda filialda 1 ta fakultet, 6 ta kafedra, 8 ta bo’lim, 2 ta markaz va 1 ta sektor faoliyat ko’rsatmoqda.